Sayt boyicha izlash

Asosiy / Iqtidorli Talabalar

Iqtidorli Talabalar

Xasanov Xojiakbar

Iqtidorli yoshlar - O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi. Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy - maqsadi Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimnnng tegishli sohalari va fanning aniq yo’nalishlari bo’yicha o’z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratishdir. ATT kafedarsida iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga tizimli ravishda keng jalb etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, iqtidorli talabalardan 4 kurs 16 – IAT – 19 gurux talabasi Xasanov Xojiakbar O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Beruniy nomli Davlat stipediyasi soxibi bo’ldi.