Sayt boyicha izlash

Namangan muhandislik-qurilish instituti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi

Kafedra haqida

“Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi 1993-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 20 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 7 nafari fan nomzodi bo’lib, shundan 1 nafari professor, 5 nafari dotsent, 6 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari o‘qituvchilardir. Kafedraning ilmiy salohiyati 36,4 foizni tashkil etadi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan Axborot tizimlari va texnologiyalari, Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot kommunikatsion tizimlari bo‘yicha bakalavriatura hamda Komputer tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti mutaxassisligi bo‘yicha magistratira talabalariga mutaxassislik fanlaridan ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida dars mashg‘ulotlari olib oriladi.

Kafedra hamkorligi

Kafedra Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiyalar universiteti va O‘sh davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, shuningdek Farg‘ona vodiysidagi institut va universitetlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorliklar o‘rnatilgan hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, kafedra tomonidan Belarus, Qozon, Janubiy Ural davlat universitetlari bilan hamkorlik shartnomasi doirasidagi qo‘shma ta’lim dasturida ham faoliyat olib boriladi. Bundan tashqari kadrlar sifatini oshirish va o‘quv rejalari hamda fan dasturlarini zamon talablariga moslashtirish maqsadida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti”, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ (IT-Park), Namangan viloyat statistika boshqarmasi, Namangan viloyati Moliya bosh boshqarmasi, “Namangan Intellekt Software developers” XK, Namangan viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi kabi ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan muntazam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari

2022 yil 24 mart kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti qoshidagi “InTech NamMQI” unitar korxonasi davlat ruyxatidan o‘tkazildi. Mazkur unitar korxona O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integrasiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ-4851-son qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Unitar korxonani tashkil etish masalasi Institut ilmiy kengashining 25.02.2022 sanadagi 8-sonli yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan. “InTech NamMQI” unitar korxonasini Sanoatni axborotlashtirish fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi A.Ismoilov rahbarligida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsad institut olimlari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va talabalari, ularning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari, konstruktorlik ishlari, ihtiro va patentlari, intellektual mulkning ishlab chiqarishga joriy qilish natijalari, hududdagi tashkilot va korxonalarning innovatsion rivojlanishiga ko‘maklashish ishlari, shuningdek ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamon talabiga mos informatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga hissa qo‘shish hamda tijoratlashtirish asosida import o‘rnini bosuvchi dasturiy maxsulotlar ishlab chiqarishga va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, loyihalash va ularni belgilangan tartibda amalga oshirish, hamda autsorsing xizmatlarini ko‘rsatishdan iboratdir. Zamonaviy dasturlash tillarini o‘rgatishda yoshlar uchun zamonaviy muhit hosil qilish. IT yo‘nalishiga o‘sib kelayotgan yoshlarni tayyorlash. O‘zbek tilidagi informatsion texnologiyalarga oid zamonaviy kitoblar manbaasini shakillantirishga hissa qo‘shishdan iboratdir. Kafedraning professor-o’qituvchilari, doktorantlari, magistrantlari va ilmiy izlanuvchilari fan-texnika taraqqiyoti uchun dolzarb hisoblangan quyidagi yo’nalishlarda tadqiqot ishlarini olib borishmoqda: Raqamli tasvirlarni qayta ishlash va tanib olish (ilmiy maslahatchi: prof. Sh.X.Fozilov). Obrazlarni aniqlash usullari va algoritmlari (ilmiy maslahatchi: prof. A.X.Nishanov) O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi fuqaro muhofazasi instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 2022-2023 yillar uchun «Aholining barcha qatlamini zilzilaga tayyorlashga mo‘ljallangan masofaviy kursni tashkil etish uchun milliy elektron ta’lim platformasini yaratish». O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 2022-2023 yillar uchun Loyiha nomi «Yer osti inshootlari va muhandislik tarmoqlarini «Zilzilaviy hududlarda qurilish» me’yoriy hujjati asosida hisoblashning raqamlashtirilgan milliy dasturiy majmuasini ishlab chiqish» Hozirgi kunda kafedraning ikki nafar o‘qituvchisi doktorant va stajer-tadqiqotchi sifatida tahsil olayotgan bo‘lsa, yana ikki nafari mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. Kafedrada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari bo‘yicha 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan va xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ma`ruzalar qilingan. Kafedra 2021 yil 30-31 mart kunlari Namangan shahrida o'tkazilgan “Axborot tizimlari va texnologiyalarining zamonaviy jamiyatdagi o'rni” mavzusidagi Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferentsiyaning asosiy tashkilotchisi hisoblanadi. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash keng yo‘lga qo‘yilgan. Ilmiy rahbarlar tuzgan rejalar asosida ular ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar olib borishmoqda. 2008-2012 yillarda 2 nafar talabasi Prezident stipendiati bo‘lishgan. 2021/2022 yillarda yana 3 nafar talabalarimiz “Beruniy” va “Islom Karimov” Davlat stipendianti sohibi bo‘lishdi.

Kafedraning iqtidorli talabalari har yili o‘tkaziladigan dasturchilarning Xalqaro va Respublika olimpiadalarida muntazam qatnashib kelishmoqda. Kafedra Axborot tizimlari va texnologiyalari sohasida O'zMU, TATU, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda IT Park bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Xususan, kafedra IT Park bilan xam hamkorlik Memorandumi asosida xamkorlikda ishlamoqda. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilar va talabalar “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida juda faol qatnashishmoqda. Start-UP tashabbuslari bo‘yicha hozirda “ITechLab”, “IDEA Challenge”, “Bo‘lajak olim“, “Yosh olima”, “AloqaTech Lab” va “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovlariga 7 nafar talabalarimiz g‘oyalari shakllantirilib loyiha ko‘rinishiga olib kelindi va topshirildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish masalasiga ustivor yo‘nalishlardan biri deb qarab kelmoqda. Jumladan, 2015 yilda “Amaliy matematik dasturlar paketi” 2018 yilda “Matematik modellashtirish” nomdagi o‘quv qo‘llanmalar chop ettirildi. 2020 yilda “Amali matematik dasturlar paketi”, “Web dasturlash” nomdagi o‘quv qo‘llanmalar chop ettirildi. 2021 yilda “Amali matematik dasturlar paketi” nomli darslik hamda “Pythonda dasturlash” nomli o‘quv qo‘llanmalar vazirlik qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning nashr ruxsatnomasini olgan. 2022 yilda yana 3 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta darsliklarning qo‘lyozmalari ustida ish olib borilmoqda. Kafedra tasarrufida - 11 ta o‘quv-tajriba laboratoriyasi xonalari, jumladan, yuzasi 72 m.kv dan bo‘lgan 3 ta ma‘ruza xonasi, yuzasi 36 m.kv dan bo‘lgan 8 ta tajriba va amaliy mashg’ulot xonasi, yuzasi 36 m.kv ga teng bo’lgan o’quv-metodik xonasi, zamonaviy kompyuterlar va texnika vositalari bilan jihozlangan yuzasi 72 m.kv dan bo’lgan o’quv amaliy xonalar, tajriba va amaliy mashg’ulotlarni olib borish uchun mo’ljallangan zamonaviy tipdagi 4 ta kompyuter sinflari mavjud.

Kafedrada o'qituvchilar tarixi
Irisqulov Sultonboy Sobirqulovich

(1955-2012)

Hakimjon Abdulhapizov

(1951-2001)

Karimov Pazliddin Yigitaliyevich

(1952-2017)